Buxoroda ikki pochtachi 118 pensionerning pulini o‘zlashtirdi

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida ikki pochtachi 118 nafar pensionerning umumiy 13 million so‘m miqdoridagi pullarini o‘zlashtirdi. Bu haqda, UZ24’ga asoslanib, Anhor.uz xabar bermoqda.
Firibgarlar quyidagi tartibda ish olib borishgan: ular gazeta do‘konidan kvitansiya blankalarini sotib olib, pensionerlarni yo‘q qarzlarni to‘lashga majbur qilishgan.
Keksa kishilarda pochtachilarning harakatlari qonuniyligiga shubha uyg‘onmasligi uchun ular o‘zlari ishlaydigan “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasining Buxoro filiali Vobkent tarmog‘i “Kumushkent” aloqa bo‘limi boshlig‘ining maxsus muhridan oldindan foydalanishgan.
Tez orada jinoyatchilar huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olingan. Oqibatda ular tegishli jazo olishgan va etkazilgan zararni to‘la qoplab berishgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing