07:05 / 30.04.2018
9 933

36 yoshli o‘zbek olimi Eynshteynning taxminlarini amalda isbotladi

36 yoshli o‘zbek olimi Eynshteynning taxminlarini amalda isbotladi
Dunyo olimlarining olib borgan qator izlanishlari natijasiga ko‘ra, fizika faniga oid ajoyib yangilik physics.aps.org nashrida e’lon qilindi. Shunisi quvonarliki, ushbu ilmiy izlanish muallifi - hamyurtimiz, fizika fanlari doktori Farrux Fattoyev!

36 yoshli olimning ilmiy izlanishi gravitatsiyaviy to‘lqinlarning yadro ustidagi nur sochishiga oid bo‘lib, sinov natijalari neytron zarrachalari ichida joylashgan zich yadro moddalarini tasvirlab beruvchi LIGO va VIRGO tomonidan kuzatilgan. 100 yil oldin Eynshteyn taxmin qilgan gravatatsion to‘lqinlarni bugunga kelib o‘zbekistonlik Farrux Fattoyev boshchiligidagi ilmiy guruh isbotladi!

Mazkur ilmiy ish doktor Fattoyevning xalqaro miqyosdagi 19-maqolasi bo‘lib, u bundan avval O‘zFA Yadro fizikasi instituti, Hindistonning Puna Nazariy fizika markazi, Italiyaning Trieste universiteti, AQSHning Florida va Texas universitetlarida faoliyat olib borgan. Ayni vaqtda Farrux Fattoyev Indiana universitetida ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda.

Farrux Fattoyev - oilali, 3 nafar farzandning otasi. Turmush o‘rtog‘i Zebo Fattoyeva – huquqshunos, hozirda Indiana universitetida doktorlik darajasini olish uchun tahsil olmoqda. Ta’kidlash joizki, Farruxning otasi - O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, fizika fani pedagogi Abdujabbor Fattoyevdir.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 36 yoshli o‘zbek olimi Eynshteynning taxminlarini amalda isbotladi