Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi

Prezident fermerlar bilan suhbatlashdi
Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi “Besh sadafermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Viloyat fermerlari, qishloq xo‘jaligi faxriylari bilan suhbatda paxtani qo‘shqator tarzda ekishning samarasi, klaster usulining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Klasterdan eng katta maqsad - sifat va daromad. Paxta yetishtirishni klasterlarga topshirsak, dala ishlari tizimli va o‘z vaqtida bo‘ladi, daromad oshadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, mahalliy byudjetlarga tushumlarni ko‘paytirish, aholi daromadlarini oshirish, yoshlarni malakali kadrlar qilib voyaga yetkazish, odamlarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar