11:56 / 26.05.2018
4 830

«Yandeks.Taksi»ning 26 ta noqonuniy avtomobili jarima maydoniga yuborildi

«Yandeks.Taksi»ning 26 ta noqonuniy avtomobili jarima maydoniga yuborildi
O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi tegishli litsenziya olmasdan turib «Yandeks.Taksi» foydalanuvchilarini tashish bilan shug‘ullangan 26 nafar haydovchini aniqladi, deb yozadi UzNews'ga tayanib Daryo.

Toshkentda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi o‘nlab xizmatlar bir qator vakolatli tashkilotlarga O‘zbekiston hududida «Yandeks.Taksi»ning noqonuniy faoliyatiga nuqta qo‘yishni so‘rab murojaat qilgan.

Murojaatda aytilishicha, «Yandeks.Taksi» mobil internet-serverini ishga tushirgan noma’lum shaxslar respublika hududida o‘z faoliyatini xo‘jalik yurituvchi sub’ektni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan ma’lumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya olmasdan turib o‘z tijoriy faoliyatini boshlagan. Shuningdek, ular yo‘lovchi tashish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan avtomobillardan foydalangan.

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining kollektiv murojaatga javoban yo‘llagan rasmiy xatida agentlik boshqarmasi «Yandeks.Taksi» mobil dasturi orqali yo‘lovchi tashish bilan noqonuniy tarzda shug‘ullangan haydovchilarni aniqlagani aytiladi. 26 nafar bunday haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-3-moddasi («Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish»)ga muvofiq protokollar rasmiylashtirilgan, ularning avtomobillari esa jarima maydoniga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yandeks.Taksi»ning 26 ta noqonuniy avtomobili jarima maydoniga yuborildi