Joriy yilning 5 mart kuni «Oltin topgan» blokpostida YPX inspektori safdor U.Achilov tomonidan «Damas» rusumli avtomobil to‘xtatiladi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.
Haydovchi, 24 yoshli X.S.ning transport vositasini boshqarish huquqni beruvchi hujjatlarga ega emasligi aniqlanadi. Shunda ichki ishlar xodimi qoidaga binoan mashina jarima maydonchasiga joylashtirilishini ma’lum qiladi. Bu esa S.ning otasi va avtomobildagilarga yoqmaydi. Ular YPX inspektorini turli gap so‘zlar bilan chalg‘ita boshlaydilar va fursatdan foydalangan haydovchi voqea joyidan qochib qoladi.
Safdor U.Achilov yordamga qo‘shimcha kuch chaqiradi. PPX serjanti Javohir Elmurodov hamda YPX inspektori safdor Ulug‘bek Matmurodov qoidabuzar mashinasi ortidan boradilar. Ular «Damas» avtomobilini Bektemir tumanining Tinchlik ko‘chasida quvib yetadilar va yo‘lini to‘sib to‘xtatadilar. Ichki ishlar xodimlari bayonnomani rasmiylashtirish uchun haydovchidan pasportini so‘rashadi.
Shu vaqtda qoidabuzarning otasi 1967 yilda tug‘ilgan X.H. va uning yaqinlari hamda qarindoshlari – Surxondaryo viloyatidan kelgan N.I., 1974 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan X.N., 1992 yilda tavallud topgan Toshkent shahrida yashovchi X.N. hamda Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan, 1995 yilda tug‘ilgan T.O. ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik ko‘rsatib xizmat vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qiladilar. Ular huquq posbonlariga nisbatan zo‘ravonlik qilib, YPX nozirining qo‘lidagi bayonnomani yirtib tashlaydilar. Pogonlarini yulib olish uchun xodimlarga tashlanadilar.
Ushbu holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219 moddasi 2 qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi