9 092
Muhammad (s.a.v) va farishta Jabroil (a.s) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixiy suhbat (video)
Foto Kun.uz. “Hazrat Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Sharipov
Kun.uz nashrining “Bir hadis sharhi” dasturi mehmoni poytaxtdagi “Hazrat Ali” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Sharipov Payg‘ambarimiz (s.a.v) hayotlarida yuz bergan va butun Islom ummati uchun ilm manbaiga aylangan voqea haqida so‘z yuritadilar. Quyida Siz ham uni tomosha qilish imkoniga egasiz.
YouTube'da tomosha qilish
Tas-IX'da tomosha qilish
Hazrati Umar (r.a)dan rivoyat qilinadi. U kishi aytadilar: “Biz bir kuni Rasulollohning (s.a.v) huzurlarida o‘tirgan edik. Bir payt bizlarning oldimizga bir kishi kirib keldi. Kiyimlari oppoq, top-toza, safar qilib kelgan odamning kiyimiga o‘xshamaydi. Sochlari qop-qora. U kishida safarning asari ko‘rinmas edi. U kishini bizlardan biror kishi tanimadi. U kishi kelib payg‘ambarimizning oldilariga o‘tirdilar, tizzalarini Rasulollohning (s.a.v) tizzalariga tekkazdilar. Ikki kaftlarini sonlariga qo‘ydilar. Va aytdilar: “Ey Muhammad, menga Islomdan xabar bering”. Payg‘ambarimiz alayhissalom dedilar: “Islom – Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning rasuli ekanligiga shahodat keltirishing. Namoz o‘qishing, zakot berishing, Ramazonning ro‘zasini tutishing va yo‘lga qurbing yetsa Baytullohni haj qilishing”, dedilar. U kishi: “To‘g‘ri aytdingiz”, deb tasdiqlab qo‘ydi.
Hazrat Umar aytadilarki: “Biz u kishidan ajablandik, o‘zi so‘rayapti-da, javobini o‘zi tasdiqlab qo‘yapti”. Va u kishi yana payg‘ambarimizdan so‘radilar: “Menga iymondan xabar bering”. Payg‘ambarimiz dedilar: “Iymon – Alloh taologa, maloikalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga va taqdirning yaxshi va yomonligi Allohdan ekanligiga iymon keltirishingizdir”. U kishi yana “To‘g‘ri aytdingiz”, dedilar.
U kishi yana so‘radilar: “Ehsondan menga xabar bering”. Payg‘ambarimiz javob berdilar: “Ehson – Alloh taologa uni ko‘rib turganingizdek ibodat qilishingizdir. Agar siz uni ko‘rmayotgan bo‘lsangiz, u sizni ko‘rib turibdi”, dedilar.
Sharh: Payg‘ambarimiz (s.a.v) ehson tushunchasini ana shunday sharh qildilar. Ibodat degani faqat namoz, zakot, ro‘za, haj degani emas, bu yerda umumiy ma’noda kelmoqda. Ibodat degani bandalik degani. Ibodat so‘zi “abd” so‘zidan olingan bo‘lib, ma’nosi “qul”, “banda” degani. Biz xuddi Alloh taolo ko‘rib turganidek, banda bo‘lib yuraylik.
So‘ng u kishi payg‘ambarimizdan yana so‘radilar: “Soatdan (ya’ni, qiyomatdan) menga xabar bering”, dedilar. Shunda payg‘ambarimiz dedilar: “Mas’ul soyildan bu masalani yaxshiroq bilmaydi”, dedilar.
Sharh: Bu yerda mas’ul – payg‘ambarimiz. Soyil (so‘raguvchi) – u kishi. Ya’ni, bu masalani siz mandan yaxshiroq bo‘lasiz, deganlaridir.
Shunda u kishi yana so‘radilar: “Unda qiyomatning belgilaridan menga xabar bering”. Rasuli akram javob berdilar: “Qiyomatning belgilari: cho‘ri o‘z hojasini tug‘adi”, dedilar.
Sharh: Ya’ni, kelajakda ona farzand ko‘rsa, bola onasiga sayidlik qiladi, onasini xuddi cho‘ridek sezadi.
Rasulolloh yana davom ettirdilar: “Va ko‘rasiz, hech narsasi yo‘q cho‘ponlar binolarni baland-baland etib quradilar”.
Shunda haligi odam o‘rnidan turib, xonadan chiqib ketdi. Biz bir oz jim bo‘ldik. So‘ng payg‘ambarimiz dedilar: “Ey Umar, bu kelib so‘ragan odamni tanidingmi?”. Men aytdim: “Alloh va Rasuli bilguvchi”. Shuni payg‘ambarimiz dedilar: “U Jabroildir. Sizlarga diningizni o‘rgatish uchun, diningizdan ta’lim berish uchun keldi”, dedilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
“Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"