19:26 / 03.06.2018
4 813

Namangandagi Telegram-kanallar ma’murlari uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llandi (video)

Namangandagi Telegram-kanallar ma’murlari uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llandi (video)
Foto: Namangan viloyat IIV matbuot xizmati
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Namanganliklar» va «Namangan-cars» kanali ma’murlari o‘zaro til biriktirgan holda tovlamachilikda ayblanib, qo‘lga olingani haqida oldinroq xabar berilgandi. Namangan viloyat IIV matbuot xizmati «Daryo» uchun mazkur ish tafsilotlariga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan shahridagi oshxonaslardan birida tamaddi qilib o‘tirgan nodavlat telekanalning viloyatdagi muxbiri taomidan chiqqan suvarak haqidagi videoni «Namanganliklar» kanali ma’muriga yuboradi va buni tarqatish kerakligini aytadi.

Biroz vaqtdan so‘ng tasvir kanalda paydo bo‘ladi. Vaziyatdan xabar topgan oshxona ish yurituvchisi tamaddixonaning obro‘siga putur yetishini oldini olish maqsadida ijtimoiy tarmoqdagi kanalni yurituvchi shaxslar bilan bog‘lanishga urinib ko‘radi. Biroq u manzilda biroz adashib, «Namangan-cars» kanalining ma’muri bilan bog‘lanadi hamda vaziyatni bartaraf etishni iltimos qiladi. Tasvir shu zahoti kanalda ko‘rinmay qoladi.

Oshxona ish yurituvchisining iltimosidan so‘ng kanal ma’murlari o‘zaro til biriktirishga kirishadi. Endi ular videoni qayta kanalga joylashtirmaslik sharti bilan ko‘proq mablag‘ talab qilishga kirishishadi. Tovlamachilikni sezgan oshxona egalari shu zahoti ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qiladi.

Arizaga muvofiq Namangan viloyat IIB tezkor xizmat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalil — 600 AQSh dollari olindi va ishtirokchilar ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB TB tomonidan JKning 165-modda 2-qismi «v» bandi bilan tergov harakatlari olib borilmoqda. Kanal ma’murlariga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangandagi Telegram-kanallar ma’murlari uchun ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llandi (video)