Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Putin bilan uchrashadi

Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni Putin bilan uchrashadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyov shu yilning 9 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Davlat rahbarlari ShHT sammiti doirasida ikki yoqlama uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

— O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy, Pokiston Prezidenti Mamnun Hussaynlar bilan suhbat o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, — degan Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga.

O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati ShHT doirasidagi uchrashuvlar haqida hozircha ma’lumot bergani yo‘q. Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti Xitoyning Sindao shahrida 9-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar