
Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumani hokimi Mahammadjon Dehqonov ishdan olingan. «Kun.uz» manbasi ma’lumotiga ko‘ra, tumanga Akmaljon Azizovich Muhammadaliyev yangi hokim etib tayinlangan.
Hokim bilan birga tuman IIB boshlig‘i va soliq boshqarmasi rahbari ishdan olingan. Ayni vaqtda bu sektorlarga birinchi o‘rinbosarlar v.b sifatida tayinlangan.
Mahammadjon Qalandarovich Dehqonov 12 iyun kuni prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida oxirgi marta ogohlantirilgandi.
Endilikda Uchko‘prik IIBning sobiq rahbariga aylangan podpolkovnik Xoldarov Muzaffarjon Mahmudovich ham shu yilning 3 martida lavozimga tayinlangandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar