Ayni daqiqalarda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tizimga oid yangiliklar, istiqboldagi rejalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlar xususida brifing o‘tkazmoqda, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri.
"Xalq ta’limi tizimida uchta tamoyilga tayanib, ish tutamiz: sifat, adolat, shaffoflik. Tizimda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgan. Yurtdoshlarimizdan uch kunda uch mingdan ortiq takliflar bildirilgani ham sohaning ahvolini ko‘rsatib turibdi. Jamiyatda o‘qituvchining nufuzini ko‘tarishimiz shart.
Bolaligimda o‘qituvchiga salbiy fikr bildirgan ota onani eslolmayman. Hozir esa afsuski, buning aksi. Farzandi past baho olsa yoki tanbeh eshitgan bo‘lsa, o‘qituvchi yomon bo‘lib qolyapti. Jamiyatda o‘qituvchining obro‘si oshsa, bunday jamiyat boydir. Agar o‘qimaganning obro‘si, darajasi o‘qigannikidan baland bo‘lsa, bu fojiamiz. Prezidentimiz bizga, vazirlikka katta imkoniyat beraman, dedilar. Bu ishonchni oqlash uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak", - dedi Xalq ta’limi vaziri.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi