3 714
"Islom Abdug‘aniyevich so‘z berdimi, albatta uning ustidan chiqardi — buni barcha yaxshi bilardi"
Foto: Karimov fondi
Karimov fondi Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi, Favqulodda va muxtor elchi Ilhom Ne’matovning Birinchi Prezident bilan bog‘liq xotiralarini e’lon qildi.
«Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, so‘ng vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritganman, ayni choqda, O‘zbekistonning ShHTdagi milliy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajarganman. O‘sha paytlarda xizmat vazifamga ko‘ra, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning MDH, ShHT, KXShT, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitlaridagi ishtiroki, shuningdek, xorijiy safarlari bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini olib borishimga to‘g‘ri kelgan.
MDH mintaqasida Islom Karimov tajribali, uzoqni ko‘ra biladigan va pragmatik siyosatdon sifatida ulkan obro‘ qozongan edilar. O‘zaro suhbatlarda u kishini ‘siyosatning metin qoyasi’ deb ta’riflashar edi. U kishini birinchi galda o‘z nuqtai nazarini himoya qilishdagi sabotu qat’iyati bois hurmat qilishar edi. U kishi dunyoda ro‘y berayotgan hodisalar yuzasidan hech qachon populistik bayonotlar bermaganlar, siyosiy o‘yin qilmaganlar. Boshqalarga yoqadimi, yo‘qmi — bundan qat’i nazar, hamisha, eng avvalo, O‘zbekiston manfaatlaridan kelib chiqib o‘z fikrlarini bildirganlar. Islom Abdug‘aniyevich so‘z berdimi, albatta uning ustida chiqadi — buni barcha yaxshi bilar edi.
MDHning norasmiy sammitlarida, garchi notiqlar navbati alifbo tartibiga ko‘ra belgilansa-da, Islom Abdug‘aniyevichga birinchi bo‘lib so‘z berilar edi. Bu borada O‘zbekiston yetakchisiga yuksak hurmatdan dalolat beruvchi bir voqea yodimda qolgan. 2001 yil 30 noyabrda Kremlning Georgiy zalida Rossiya prezidenti nomidan MDHning 10 yilligi munosabati bilan qabul marosimi tashkil etildi. Marosimda Rossiyaning birinchi prezidenti B.Yelsin ham qatnashdi. V.Putin Islom Karimov sha’niga iliq so‘zlar aytib, u kishidan birinchi bo‘lib so‘zga chiqishni so‘radi. Islom Abdug‘aniyevich yuksak odob namunasini ko‘rsatib, hamkasblar orasida u kishidan yoshi ulug‘ prezidentlar ham borligini aytdilar. Ammo bu paytda MDHning boshqa yetakchilari gulduros qarsaklar ila Rossiya rahbarining taklifini qo‘llab-quvvatlayotgan edi.
Islom Abdug‘aniyevich mintaqaviy birlashmalar doirasida muhokama etilgan masalalarda qat’iy pozitsiyaga ega bo‘lganlarini alohida qayd etish joiz. Zero, ko‘plab ekspertlar O‘zbekiston yetakchisining pozitsiyasi tufayli MDH, ShHT kabi mintaqaviy tashkilotlar munozaralar klubiga aylanib qolmadi, siyosiylashib ketmadi, deya ta’kidlashi ham bejiz emas. Bu o‘rinda ShHTning bugungidek mintaqaviy xavfsizlik va barqaror iqtisodiy hamkorlikni ta’minlovchi muhim tuzilmaga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan bir jihatni eslab o‘tish joiz. Aynan Islom Karimovning tashabbuslari bilan ShHT Nizomiga ushbu ta’rif kiritilgan edi: ‘ShHT — boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muloqot uchun ochiq tashkilotdir. ShHT doirasidagi hamkorlik uchinchi mamlakatlar manfaatiga qarshi qaratilmagan».
Ilhom NE’MATOV,
Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi,
Favqulodda va muxtor elchi
Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi,
Favqulodda va muxtor elchi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Kirbi: “AQSH Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanishidan xavotirda”