Respublika hukumat rahbarlari er-xotin ajrashib ketishini qiyinlashtirish maqsadida atayin ajrashish uchun davlatga to‘lanadigan boj miqdorini to‘rt barobarga oshirishga qaror qildi.
Agar ilgari ajrashish niyatida bo‘lganlar eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida (92, 150 so‘m) davlat boji to‘lab kelgan bo‘lsa, endi 368 ming 600 so‘m pul to‘laydi.
Ikkinchi marta ajrashish istagida fuqarolik sudiga ariza berganlar esa shu kunga qadar 221 ming 160 so‘m boj to‘lagan bo‘lsa, bundan buyon 737 ming 200 so‘m miqdorida davlat boji to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning o‘zida jami 32 ming juftlik ajrashish haqida sudga ariza taqdim etgan. Ularning 58 foizi 8 yilgacha birga hayot kechirgan. Besh ming nafardan ortiq ajrashgan juftliklar, ya’ni, ajrashish uchun ariza berganlarning 16, 2 foizi birgalikda 2-3 yil, 5, 5 ming, yoki 17, 3 foizi 4-5 yil atrofida birgalikda umrguzaronlik qilgan.
Adliya vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, ajrashgan oilalar soni 2016 yilga nisbatan 8 foizga ko‘paygan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi