06:00 / 14.10.2018
3 256

Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi
Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi. Bu haqdagi qaror Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan imzolangan.

Xabar berishlaricha, 16 oktyabrdan bolalar bog‘chalari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini, 19 oktyabrdan esa turar joy binolarini isitish boshlanadi.

Tuman hokimliklarining tegishli xizmatlariga va uy-joy mulkdorlari shirkatlariga isitish mavsumini sifatli o‘tkazish to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan.

«Gazeta.uz»ning eslatishicha, 2017 yili Toshkentda isitish mavsumi ijtimoiy ob’ektlarda 10 noyabrdan, turar joy binolarida esa 12 noyabrdan boshlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda isitish mavsumi 16 oktyabrdan boshlanadi