17 oktyabr kuni “Oʻzbekiston Qurʼon musobaqasi-2018” Respublika bosqichi 18-25 yoshlilar oʻrtasidagi hifz yoʻnalishi 1-oʻrin sohibi, Andijon shahridagi “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom bilim yurti talabasi Muhammadiso qori Mahmudov shu yilning 18-21 oktyabr kunlari Qurʼoni karimni tajvid qoidasi bilan yoddan oʻqib berish boʻyicha Rossiya Federatsiyasida oʻtkaziladigan XIX Xalqaro Qurʼoni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Moskva shahriga joʻnab ketadi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur musobaqaning tashkilotchisi Rossiya musulmonlari diniy idorasi va Rossiya muftiylari kengashidir. Musobaqaning final bosqichida butun dunyodan 30 nafardan ortiq qorilar ishtirok etadi.
Shu yilning 21 oktyabr kuni Moskvadagi Crocus City Hall konsert zalida Qurʼon bayrami oʻtkaziladi. Bayram tadbirida XIX xalqaro Qurʼoni karim musobaqasining final bosqichi boʻlishi aytilmoqda.
Shuningdek Qurʼon bayrami mehmonlari turli ijodiy jamoalar chiqishlarini, mahorat darslarini, koʻrgazmalarni, trening va bolalar shaharchalarini tomosha qilishlari mumkin boʻlishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?