
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Vohidov ko‘chasi 60-uyda birinchi mehmon uyi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018 yil 7 avgustda “Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi. Turizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda shart-sharoitlarni yaxshilash va yangi turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish maqsadida hayotga tatbiq etilgan ushbu hujjatga ko‘ra oilaviy mehmon uylari xususiy korxona yoki oilaviy korxona tartibidagi tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanib, ushbu mehmon uylarida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 kvadrat metr hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turar-joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblananishi belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar