Mirishkor tumanida yashovchi fuqaro S.G. va fuqaro B.A.lar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining soxta diplomi bilan 21 yil davomida faoliyat yuritishgan. Bu haqda Bosh prokuratura rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Mirishkor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro S.G. tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida 1993 yildan 2018 yilga qadar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va fuqaro B.A. 9-sonli umumta’lim maktabida 1997 yildan 2018 yilga qadar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlab kelganliklari aniqlangan.
Tekshirish davomida fuqarolar S.G. va B.A.larga qalbaki diplomlarni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan X.Z. ismli shaxs tayyorlab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin