
Namangan viloyatining Chust tumanida 21 oktyabr kuni kabobdan ommaviy zaharlanish holati qayd etilgan edi. Oqibatda ko‘plab insonlar shifoxonaga yotqizilgan deb yozadi Sof.uz nashri.
26 oktyabr kuni viloyatda shu bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazilgan.
Manbaning xabariga ko‘ra, kabobdan zaharlanish bo‘yicha tibbiy ekspertiza xulosasi o‘qib berilgan. Aniqlanishicha, kabob go‘shti ochiq joyda qolgan va unga kemiruvchilar (kalamush va sichqonlar) chang solgan.
Shu paytgacha Namanganda go‘sht masalasida turli gap-so‘zlar yurgandi. Kabob voqeasidan keyin ushbu mahsulotni sotish va sotib olish ham vaqtincha to‘xtatilgandi. Bugundan go‘sht savdosiga yana ruxsat berildi.
Kabobdan ommaviy zaharlanish oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Qolganlarning ahvoli yaxshilanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar