
Samarqand viloyatining Urgut tumani, Beshyog‘och qishlog‘ida 30 oktyabr kuni tungi soat 22:30 atrofida qotillik sodir bo‘lgan. Bu haqida «Daryo» xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, qishloqdagi 15-umumta’lim maktabi direktori, 1986 yilda tug‘ilgan Anvar Yunusovga shu qishloqda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan M.M va 1998 yilda tug‘ilgan Sh.M tomonidan boshiga og‘ir jarohat yetkazilgan.
Hodisa oqibatida Anvar Yunusov voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar