26 noyabr kuni Toshkent shahridagi «Toshkent savdo markazi» (sobiq Turkuaz) hududida yakkakurash sport turining aralash turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev pichoqlab ketilgani xabar berilgandi.
Keyinchalik, internetda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga uyushtirilgan hujumga oid videolar tarqaldi.
Sevimli telekanalining «Zamon» ko‘rsatuvi lavhasida aytilishicha, videoga tasvirga tushgan holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b, v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda ushbu voqeaning barcha ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilgan. Biroq, Jinoyat protsessual kodeksiga asosan tergov harakatlari siri tufayli jinoyat ishi bo‘yicha tafsilotlar lozim bo‘lgan tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ochiqlanadi.
Shuningdek, lavhada aytilishicha, 2018 yilning 30 noyabr kuni Murod Xonto‘rayevning sog‘lig‘i yaxshiligi sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan 1-sonli klinik shifoxonadan tergov harakatlari o‘tkazish uchun taklif qilingan. U bilan tergov harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng, hozirda davolanishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlangan va surati internetda tarqalgan ma’lumotnomaga ko‘ra, Xonto‘rayevga «bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9 ta), ikkala ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohat» tashxisi qo‘yilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?