Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik safar bilan Qashqadaryoga boradi

Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik safar bilan Qashqadaryoga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-14 dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga borishi rejalashtirilgan. Bu haqda Turon24 nashri xabar berdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad joylarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini nazorat etish va xalq bilan muloqot qilishdan iborat.

Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga borgan edi. O‘shanda prezident tavsiyasiga binoan Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Farhod Ermanov Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar