
Joriy yilning 3 oktyabr kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi A.Oʻ. (ayol) tanishi, Chilonzor tumanida yashovchi, xususiy tadbirkor, T.X. (ayol)ning uyida unga oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni arzon narxda olib kelib berishini aytgan.
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga koʻra, bu shaxs uni aldab ishonchiga kirib, 48 000 000 soʻm pulini olib, bergan vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi maʼlum boʻlgan.
Koʻrilgan choralar natijasida A.Oʻ. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar