Bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Bosh prokuratura mas’ul xodimlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tadbirda ishtirok etgan Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev joriy yilning o‘tgan oylari davomida 737 nafar shaxs oqlanganini mamnuniyat bilan ta’kid etgani avvalgi xabarlarimizda alohida qayd etildi.
Albatta, aybsiz shaxslar oqlanayotgani yoqimli holat. Oqlangan shaxslar asossiz jinoiy javobgarlikka tortilgani oqibatida o‘zlariga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni tegishli tartibda undirib olish huquqiga ega. Biroq hozir gap bunda emas. Xo‘sh, asossiz sudlangan shaxslarga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlagan prokurorlarning javobgarligi-chi? Bu yog‘i nima bo‘ladi?
Ushbu savolga javob berar ekan, Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev quyidagilarni aytdi: «Shu yil oqlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlarining ko‘pi bir necha yil avval qo‘zg‘atilgan. Bundan tashqari, javobgarlikka tortilgan shaxs vaqt o‘tishi bilan jinoyat ishida yangi holat yoki boshqa sabablarga ko‘ra aybsiz deb topilishi ham mumkin. Bu jarayonda prokurorlarning javobgarligi masalasiga kelsak, har bir ish va holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanadi hamda natijasiga qarab, javobgarlik masalasi hal etiladi. Hozir shunday qat’iy talab qo‘yilgan: Har bir prokuror egallab turgan lavozimiga loyiq ekanini har kuni isbotlashi shart!» “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?