
Shu yil 13 dekabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Yunusobod tumani A.Donish ko‘chasida yashovchi M.Sh.(ismli ayol)ning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, mazkur xonadondan 17 ming AQSh dollari va televizor tyunerini o‘g‘irlab ketgan.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yashovchi I.M., Qo‘rg‘ontepa ko‘chasida yashovchi B.M., A.H. hamda Namangan viloyati Pop tumani Yakkatut mahallasida yashovchi Z.Z.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib tergov davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar