Foto: O‘zA
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, yuqumsiz kasalliklar mamlakat aholisi salomatligi ko‘rsatkichiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deb yozadi O‘zA.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kamharakatlilik va noto‘g‘ri ovqatlanish oqibatida O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, aholining 46 foizida qon tarkibida me’yoridan ortiq xolesterin mavjud, 31 foizida esa qon bosimi yuqori, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, bugungi kunda yurak, qon-tomir, asab tizimi, saraton, o‘pka, nafas yo‘llari va boshqa yuqumsiz kasalliklar aholi orasida eng ko‘p tarqalgan kasallik turi bo‘lib, har bir jamiyatning sog‘lom turmush tarziga ta’sir o‘tkazmoqda. Bu borada sog‘liqni saqlash tizimi tomonidan kasalliklarga qarshi kurashish mexanizmi ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, har bir fuqarodan ham tibbiy madaniyat va ogohlik talab qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi