O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 20-22 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan muzokaralar o‘tkaziladi.
Kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, madaniy-gumanitar, fan-ta’lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalar o‘rin olgan.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Myunxen shahrida O‘zbekiston prezidentining Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder, shuningdek, Germaniyaning yetakchi ishbilarmon va moliyaviy doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikka oid ikki tomonlama qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi