Foto: “Xabar.uz”
Zarafshon shahri yoshlari tomonidan yangi — “Tekin taksi” loyihasi ishlab chiqildi, deya xabar bermoqda «Xabar.uz».
Loyiha doirasida shahardagi qariyalar, nogironligi bor shaxslar, yosh bolali va homilador ayollarga koʻmak berish niyatida bozor, kasalxona hamda jomeʼ masjidlari yoniga bepul taksilar tashkil etilgan.
“Bir kunda 500 dan ortiq aholiga beminnat yordam koʻrsatildi. Loyiha haftaning har juma kuni amalga oshiriladi”, — deydi Yoshlar ittifoqi Zarafshon shahar kengashi raisi Iftixor Saidov.
“Umidli yulduzlar” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga koʻra, har bir taksiga bir nafardan Yoshlar ittifoqi faoli biriktiriladi.
“Shu kunlarda havo sovuq. Bunday vaqtda koʻchada piyoda yurish nuroniylar, bolali ayollarga, bemorlarga ogʻirlik qiladi. Bu loyiha biz qariyalar uchun ayni muddao. Baraka topishsin!”, — deydi Rustam ota Salimov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi