15:30 / 29.01.2019
6 668

Insoniyat uchun eng asosiy tahdid maʼlum qilindi

Insoniyat uchun eng asosiy tahdid maʼlum qilindi
Xalqaro olimlar guruhining xulosasiga koʻra, insoniyat uchun eng asosiy tahdidlar bu - semizlik, toʻyib ovqatlanmaslik va iqlim oʻzgarishi. Shu bilan birga, bu muammolar bir-biri bilan bogʻliq va global sindemiyani shakllantiradi. Bu haqda Science Alertʻga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar fikriga koʻra, semizlik va toʻyib ovqatlanmaslik bir xil sababga ega - oziq-ovqat tizimining kamchiligi hamda faqat iqtisodiy oʻsishga qaratilgan va sogʻliq uchun zararli oqibatlarni eʼtiborsiz qoldiradigan siyosat.

Iqlim oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar orasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xoʻjaligi sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib olish va ekotizimlar uchun zararli oqibatlarga eʼtibor qaratmaslik bor. Barcha uchta global muammoni birlashtirish ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, jumladan, siyosiy “inersiya” bilan kurash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.

Bunday inersiya oʻzgarishlarga jamoatchilik talabining yoʻqligi, notoʻgʻri siyosiy qarorlar, shuningdek, oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha yirik korxonalar manfaatlarini ilgari surishdan kelib chiqadi. Tadqiqot mualliflari korporatsiyalar taʼsirini cheklovchi global bitim imzolanishini, shuningdek, siyosiy choralar talab qiladigan ijtimoiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun fond tashkil etishni taklif qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Insoniyat uchun eng asosiy tahdid maʼlum qilindi