Turkiya informatsion saytlari ma’lumotlariga ko‘ra, 14 fevral kuni O‘zbekistonga kelgan taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit muxlisalari bilan o‘tgan bir tanovuldan 2 million lira ishlab olgan.
O‘zchivitning 2,5 soatlik kechki ovqat marosimida qatnashishi tashkilotchilarga 2 million lira – 377 ming AQSh dollariga tushgan.
«Olmazor Biznes Siti» turarjoy majmuasining reklama kampaniyasi yuzi bo‘lmish Burak O‘zchivit O‘zbekistonga turarjoy majmuasi taqdimoti uchun kelgandi. Turarjoy majmuasi vakillarining ma’lumotiga ko‘ra, yirik loyihaning investori - Turkiyaning «Mesa» kompaniyasi tarkibiga kiruvchi «Ozun Tashkent Construction» xorijiy korxonasi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Burak O‘zchivit o‘zbek tomoshabiniga «Sevgi iztirobi», «Muhtasham 100 yil», «Choliqushi» seriallari va «Jon fido» filmi orqali tanilgan. Aktyor va model 1984 yilda Istanbulda tug‘ilgan. Aktyor taniqli turk aktrisasi Fahriya Evjenga uylangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”