
Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati
18 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Tashkenbayev boshchiligida Finlandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mariya Liivala, Yuvyaskul amaliy fanlar universiteti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yuvyaskul universiteti Global ta’lim xizmatlari menejeri Xeykki Pusa Finlandiyadagi ta’lim tizimi, faoliyat va yo‘nalishlar doirasida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari, sifatni ta’minlashdagi milliy tizimi, baholash va sifatni boshqarish jarayonlari haqida so‘zladi, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish sohasida doimiy hamkorlik olib borish taklifini berdi, deb xabar qilmoqda inspeksiya matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishda O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar