22:23 / 25.02.2019
4 708

O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkin
Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev «Daryo»ga bergan intervyusida O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

«Yo‘lovchi va yuk tashuvlari uchun taksistlarga bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlarni joriy qilish haqida takliflar bor. Bu yerda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzaga keladi. Toshkentda sinov tariqasida loyiha tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdik», — dedi Mubin Mirzayev.
Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kirakashlar uchun bir kunlik, bir haftalik, oylik va yillik patentlar joriy etilishi mumkin
[/banner_pushhouse