Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Chilonzor tumanida 12 mart kuni oʻgʻrilik sodir etildi. Qiziq tomoni, oʻgʻrilar hojatxona orqali xonadonga kirishga muvaffaq boʻlgan.
Jinoyat soat 08.00 dan 16.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida sodir etilgan va 28 yoshli Zilolo X. xonadonidan 500 ming soʻm pul hamda 32 dyuymli televizor oʻgʻirlangan. Oʻgʻrilar shundan soʻng yana qayta hojatxona orqali chiqib ketishgan.
Ayni vaqtda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, gumondor shaxslarni qoʻlga olish ishlari olib borilmoqda. Oʻz navbatida Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati koʻpqavatli uylarda istiqomat qiladigan fuqarolarga murojaat qiladi va yertoʻla eshiklarini muntazam ravishda yopib yurishni soʻraydi. Shu bilan birgalikda xonadon ichidan oʻtgan shaxta eshiklariga hushyor boʻlishlari tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi