Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining ish yurituviga jami 23 shaxsga nisbatan jinoyat ishi kelib tushgan. Bular Toshkent shahrida joylashgan bir necha bozorlarda faoliyat yuritgan sobiq mansabdor shaxslar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining raisi Baxtiyor Islomovning so‘zlariga ko‘ra, ular dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan ayblangan:
- o‘zganing o‘ziga ishonib topshirilgan mulkini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilish;
- soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash;
- savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;
- mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
- xizmat soxtakorligi;
- pora olish.
Bu ish joriy yilning 13 martida JIB Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimovning ish yurituvida boshlangan. Lekin vaqt o‘tgach, mazkur sudya boshqa davlat xizmatiga o‘tkazilgan. Sarvar Karimovning sudyalar oliy kengashi a’zosi etib tayinlangani munosabati bilan ushbu ish boshqa sudyaning yurituviga o‘tkazib berilgan.
Hozirga qadar 3 ta sud jarayoni o‘tkazilgan. Joriy yilning 28 martida ikki nafar ayblanuvchining vakillari tomonidan sudga iltimosnoma kiritildi. Iltimosnomada dastlabki tergov tomonidan davlatga nisbatan yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani sababli ularning ehtiyot chorasini sud tergovi vaqtida boshqa yengilroq ehtiyot chorasiga almashtirish so‘ralgan. Bu iltimosnoma sud tomonidan ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan. Ikki nafar sudlanuvchiga nisbatan yengilroq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi