
Foto: Norma
Yagona umumrespublika protsessing markazi onlayn overdraft xizmatini to‘ldirib, mukammallashtirdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Overdraft taqdim etishga doir yangi funksiyalar oldindan, bir kun avval kredit so‘rab murojaat qilish zaruratini istisno etadi. Biroq bank bilan shartnoma tuzishga to‘g‘ri keladi.
«Onlayn overdraft» xizmati banklarga Yagona umumrespublika protsessing markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uning ko‘rsatilishiga doir batafsil statistikani yuritish imkonini ham beradi.
Overdraft-kredit shartlari bank va ushbu xizmatdan foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Markaziy bank "Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar