Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar sazoyi qilinganini prokuratura o‘rganmoqda

Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar sazoyi qilinganini prokuratura o‘rganmoqda
6 mayda Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarni junbushga keltirdi.

"Bugun Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darslar tugab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uyiga qaytayotgan vaqtda darvoza oldiga kelib olib, "Qani kim ro‘za tutgan?" – deb so‘rabdi. Qo‘l ko‘tarib, "Hozir maqtov eshitaman" degan bolakaylarni oftobning tig‘ida maktab hovlisida yugurtirganini aytishayapti", – deydi Facebook foydalanuvchilaridan biri.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Minbar"ga ma’lum qilishicha, ayni paytda bu hodisani prokuratura organlari o‘rganmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar