20:47 / 21.05.2019
4 778

Maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi?

Maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi?
Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati
Maktablarda yangi o‘quv yilida kiyiladigan maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi? Ushbu savolga Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati quyidagicha javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantirilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shahobchalarini tashkil etishlari, savdo shahobchalarining joylashish manzillarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi belgilangan.

Maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvi qat’iyan taqiqlangan. Ota-onalar yangi formani tashkil etiladigan savdo shoxobchalaridan sotib olishlari lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi?