O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
194-moddaning (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik):
nomidagi «Militsiya xodimining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
birinchi qismi dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ichki ishlar organlari xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ichki ishlar organlariga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik»;
195-moddaning (Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish):
nomidagi «Militsiya xodimlarining» degan so‘zlar «Ichki ishlar organlari xodimlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Ichki ishlar organlari xodimining o‘z vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek ichki ishlar organlari xodimlariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish»;
196-moddaning (Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan militsiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik):
- nomidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- dispozitsiyasidagi «militsiyaning» degan so‘z «ichki ishlar organlarining» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- 199-moddaning (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) dispozitsiyasidagi «Militsiya» degan so‘z «Ichki ishlar organi» degan so‘zlar bilan almashtirildi;
- 242-modda (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) birinchi qismining (Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni) 4-bandidagi «(militsiya)» degan so‘z chiqarib tashlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi