2019−2020-o‘quv yilidan yagona maktab formasi joriy etiladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 15 avgust kuni bu haqdagi qarorni tasdiqlagan edi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».
Yakuniga yetgan o‘quv yilida maktab o‘quvchilari uchun qaror bilan tasdiqlangan formani kiyish ixtiyoriy edi. Yangi o‘quv yilidan esa yagona formani kiyish majburiy bo‘ladi.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatini hududlar bo‘yicha shakllantiradi. Respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalari tashkil etilib, ularning joylashish manzillari ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.
Maktab formasining narxini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning o‘zi erkin bozor munosabatlaridan kelib chiqqan holatda belgilaydi.
Ishlab chiqaruvchilar ota-onalardan hali tikilmagan maktab formasi uchun bo‘nak (avans) mablag‘larini yig‘ish mumkin emas.
Maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashuvi qat’iyan taqiqlangan. Ota-onalar yangi formani tashkil etiladigan savdo shahobchalaridan sotib olishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi