18:30 / 31.05.2019
3 463

Maktab dasturlarida ayrim fanlarni qisqartirish taklif etildi

Maktab dasturlarida ayrim fanlarni qisqartirish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida maktablar ta’lim dasturini takomillashtirish haqida petitsiya e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, hozirda maktablarda o‘qitilayotgan fanlarni kundalik hayotda qanchalik kerak bo‘lishi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish zarur. Ayrim fanlardan o‘tiladigan uzoq mintaqalardagi o‘simlik yoki hayvonot dunyosi haqidagi ma’lumotlar hayot davomida umuman kerak bo‘lmasligi mumkinligi aytiladi.

“Ularning o‘rniga shu bugun hayotiy zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berishga yo‘naltirilgan predmetlarni maktab o‘quv dasturiga kiritish, xususan, nutq talaffuzi, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyati, aeroport va vokzallarda (shuningdek, amaliy tarzda samolyot va poyezdlarda) o‘zini tutish kabilarni o‘zida qamrab olgan yangi fanlarni o‘qitish zarur deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab dasturlari (botanika, zoologiya, fizika, ximiya, algebra kabi fanlarni 20-30 foizga) qisqartirib, o‘rniga zarur fanlar bilan boyitish hisobiga xalq ta’limini rivojlantirish taklif qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab dasturlarida ayrim fanlarni qisqartirish taklif etildi