13:18 / 03.06.2019
3 608

Adliya vazirligi maktab formasini kiyishdagi talablar haqida eslatdi

Adliya vazirligi maktab formasini kiyishdagi talablar haqida eslatdi
Adliya vazirligi o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishdagi talablar haqida eslatma bilan chiqdi.

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, o‘quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

- kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
- qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi;
- o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
- oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
- ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;
- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.

Maktab formasining matosi o‘quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘liq javob berishi shart.
O‘quvchilar ta’lim muassasasi binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.

Bundan oldin, prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva majburiy maktab formasi talab qilinishiga hali erta ekani haqida ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi maktab formasini kiyishdagi talablar haqida eslatdi