17:00 / 03.06.2019
2 460

Elektrotexnikaning noqonuniy importini nazorat qilish kuchaytiriladi

Elektrotexnikaning noqonuniy importini nazorat qilish kuchaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:

respublika hududiga elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirish holatlarini va ularning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni tahlil qiladi;

ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda respublika hududiga mahsulotlarni noqonuniy ravishda olib kirishning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va uning amalga oshirilishini ta’minlaydi.

“O‘zstandart” agentligi 2019 yil 1 avgustga qadar:

respublika hududida kontrafakt va sifatsiz elektromaishiy mahsulotlar realizatsiya qilinishining oldini olish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ularning sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi namunaviy sinov dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegishli klassi to‘g‘risidagi axborotlarning majburiy mavjud bo‘lishi haqidagi talab tatbiq etiladigan chetdan olib kirilayotgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilayotgan maishiy elektr priborlari ro‘yxatini zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektrotexnikaning noqonuniy importini nazorat qilish kuchaytiriladi