22:25 / 03.06.2019
4 166

Toshkent aeroportini suv bosmoqda (video)

Toshkent aeroportini suv bosmoqda (video)
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida favqulodda holat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yoqqan kuchli yomg‘irlardan keyin aeroportning uchib kelish zalini suv bosgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

AviaSpotter Telegram-kanaliga joylangan videoda zal shiftidan suv tomayotgani, har joy-har joyga suv tomishi uchun chelaklar qo‘yilganini ko‘rish mumkin.

Suv toshqinlari nafaqat uchib kelish zalida, boshqa zallarda ham, shuningdek, aeroport binosi tashqarisida ham kuzatilmoqda.

Aeroportning yangi terminali 2018 yilning 15 iyunida foydalanishga topshirilgandi. O‘shanda yangi terminal barcha xalqaro standartlarga javob berishi va eng zamonaviy muhandislik texnologiyalari bilan jihozlangani ma’lum qilingandi.

Toshkentda kuchli yomg‘ir davom etmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda yomg‘ir chog‘ida olingan, suvga to‘lgan poytaxt ko‘chalari aks etgan, do‘l yog‘ishi manzaralari muhrlangan tasvirlar paydo bo‘lishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent aeroportini suv bosmoqda (video)