Deputat Rasul Kusherboyev O‘zbekistonda avtomobillarning kunduzgi chiroqlarini yoqib yurish talabi 2 yilga kechiktirilgani haqidagi hukumat qarori yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
«Kunduzgi chiroqlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini o‘qiyapman. Xullas hukumat takliflarimizni e’tiborsiz qoldirmadi, natijaga erishdik. Hammani tabriklayman», — deb boshlanadi post.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyundagi 460-sonli «Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan hamkorlikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kunning yorug‘ vaqtida avtomotransport vositalarining yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanmaganligi uchun javobgarlikni yengillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi, deyiladi postda.
Kusherboyev qayd etishicha, Vazirlar Mahkamasi doim ham taklif ishlab chiqishda deputatlar bilan hamkorlik qilish haqida o‘z qarorida alohida ko‘rsatavermaydi. Bu ish ko‘pchilik qatori deputatlarning ham e’tirozlarini inobatga olib, bunday qarorga kelinishi mohiyatida xalq vakillarining fikri ham alohida ahamiyatga ega ekanligining yaqqol namunasi bo‘libdi, deb yozadi deputat.
«Javobgarlikni yengillashtirish haqida gap ketarkan, deputat sifatida boshdanoq pozitsiyamni bildirib o‘tmoqchiman: kelgusida mazkur qoidabuzarlik uchun (agar shunday bo‘lsa) haydovchilar bilan profilaktik tartibda ishlab, umuman jarimaga tortmaslik. Chunki zamonaviy O‘zbekistonda huquqbuzarlik va qoidabuzarlikni oldini olishda profilaktika ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunday emasmi?» — deya fikriga yakun yasagan Kusherboyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi