Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli Boʻka tumanidagi UYA 64/38-sonli koloniyada qasddan odam oʻldirgani uchun jazo muddatini oʻtayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum M. Q jazo muddatini oʻtayotgan mahkumni urib oʻldirgani aytilmoqda. Bu haqda “Toshkent haqiqati” gazetasining telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Boʻkadagi manzil koloniyada bu mahkumning oʻzaro kelishmovchiligi kundan-kunga yomonlashib boravergan.
Voqea guvohlarining aytishicha, M Q telefon orqali bir qiz bilan gaplashib yurgan va bu holatni E. Q telefon orqali M.ning xotiniga aytgan hamda haqiqiy ziddiyat shu soniyalardan boshlangan.
Kelishmovchilik natijasida M. Q. ketmon uchun yasalgan tayoq bilan E. Q.ning boʻyin qismiga uch marta urgani natijasida E. Q. vafot etgan.
Jazo muddatini oʻtayotgan vaqtida yana qasddan odam oʻldirgani uchun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Sharmandaga shahar keng
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?