5 015
Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonlik blogerlarni bayram bilan tabrikladi
Foto: Facebook / Komil Allamjonov
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 14 iyun —Xalqaro blogerlar kuni faol jurnalistlar va blogerlarni taklif qildi. Bu haqda agentlik rahbari Komil Allamjonov ma’lum qilgan.
Allamjonovga ko‘ra, bu sanani bayram qilish g‘oyasi 2004 yilda tug‘ilgan. O‘shanda dunyoning 40 davlatidan 500 bloger birlashib, butunjahon tarmoq blogerlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ramzi sifatida shu kunni belgilash va nishonlashga qaror qilgan.
«Bugundan boshlab biz ham bu kunni nishonlaymiz. Shu munosabat bilan bugun faol jurnalistlar va blogerlarni chaqirdik. Norasmiy, galstuksiz, yuzma-yuz muloqot davomida soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Fuqarolar va jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan mamlakatimizdagi barcha faol blogerlarni Xalqaro blogerlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!» — deya yozuv qoldirgan Allamjonov Facebook’dagi sahifasida.
Muloqotda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti