
Bugungi kunda deyarli barcha sohalar raqamli ko‘rinishga o‘tkazilmoqda. Jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalarini yuritish ham bundan mustasno emas, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.
Endilikda, jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini ochish keragi bo‘lmaydi. Shaxsiy pensiya hisobida to‘plangan mablag‘lar holati to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni onlayn rejimida olish imkoni mavjud.
Buning uchun quyidagi havola orqali o‘tish lozim: https://cabinet.xb.uz:82/
Keyin pasport ma’lumotlarini va telefon raqamini kiritish kerak. Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari holati haqida ma’lumot tayyor, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar