10:35 / 03.07.2019
2 791

Tergovchining kundaligi: «Ona»

Tergovchining kundaligi: «Ona»
Foto: IIBB matbuot xizmati
Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati yangi rukn joriy etishga qaror qildi. Yangi rukn turli bo‘linma xodimlarining xotiralaridan joy olgan qiziqarli voqealar haqida bo‘ladi. Birinchi hikoya – Toshkent shahar IIBB tergovchilarining birining nomidan bayon qilinadi.

«Bir kun tezkor tadbirlar natijasida bizning IIO FMB (ilgarigi IIB)ga Alisher ismli (ism o‘zgartirilgan) giyohvandlikka berilgan yosh yigit olib kelindi. Uning yonidan narkotik moddalari topilib (Jinoyat-protsessual kodeksga muvofiq) musodara qilindi.

Alisher O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi («Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar») ayblanar edi. Yigit tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, qachon, qayerda qancha miqdorda giyohvand moddalar xarid qilganligini so‘zlab berdi. Protsessual nuqtai nazaridan ham ishlar barcha bosqichlarda to‘g‘ri va tinch amalga oshirildi.

Bir oz vaqt o‘tib, yigitning oldiga uning onasi va advokat kelishdi, alohida suhbatlashishdi… va g‘alati ishlar boshlandi. Barcha yuqori instansiyalardan tekshiruvlar o‘tkazila boshladi. Bir guruh tekshiruvchilar ish bo‘yicha xato topmagach, boshqa guruh kelib tekshiruv boshlashardi. Ular ham kamchilik ko‘rmagach – uchinchi guruhga kelar edi.

Ularning barchasi IIO FMBning ostonasiga yigitning onasini shikoyatini deb kelar edi. Shikoyatda esa yigitning onasi tergov qo‘pol kamchiliklar bilan olib borilayotganligini, narkotik moddalari esa tashlab qo‘yilganligini, iqrorlik ko‘rsatmalari majburlab olinganligini bayon qilar edi. Turli instansiyalarga bir to‘plam hujjatlar bilan yugurishdan charchab, vaqt va asabni yo‘qotib, men yigitning o‘zidan biror marta qo‘pol munosabatda bo‘ldimmi deb so‘radim.

«Yo‘q, albatta» deb javob berdi u.

– Ammo sizning onangiz siz bilan suhbatlashgach barcha instansiyalarga murojaat qilib, ko‘z yosh qilib, noqonuniy ish olib borilayotganligidan xavotirda… Yaqinlari va qo‘shnilarini jalb qildi, internetda ham… Ular onangizga rahm qilib, bizni yoqib yuborishga tayyor…

– Qanday qilib onamga narkomanligimni aytishim mumkin? Axir u onam-ku. Bu xabar onamni bemor qilib qo‘yadi. Shularni o‘ylab ko‘rib onam nimani eshitishni xohlagan bo‘lsa, o‘shani aytdim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tergovchining kundaligi: «Ona»