Foto: O‘zA
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan "Qora dori-2019" tadbirlarida giyohvand modda parvarishlashni kasb qilib olmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinib, qonuniy chora ko‘rilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Boysun tumanida o‘tkazilgan tadbirda «Munchoq» mahallasida yashaydigan vaqtincha ishsiz Quldov Rizayev (ism-shariflar o‘zgartirildi)ning tomorqasida parvarishlanayotgan 20 tup nasha o‘simligi hujjatlashtirib olindi.
Sariosiyo tumanidagi tadbirda Changloq qishlog‘ida yashovchi Valiqul Safoyev tomorqasida yetishtirayotgan 12 tup nasha o‘simligi bilan qo‘lga tushdi.
Denov tumanidagi tadbirlar chog‘ida «Ohlar» mahallasida yashovchi pensioner To‘ra Boboyev o‘z tomorqasidagi pomidor ko‘chatlari orasida giyohvand modda o‘simligi parvarishlashni sinovdan o‘tkazayotganiga duch kelindi. Ichki ishlar xodimlari soqoliga oq oralagan boboning pomidor ko‘chatlari orasidan 9 tup nasha o‘simligini tegishli tartibda rasmiylashtirdi.
Denov tumanidagi «Dahana» mahallasida yashaydigan, tumandagi kollejlardan birining murabbiyi Elyor Qorayevga tegishli tomorqa ko‘zdan kechirilganida 34 tup nasha o‘simligi parvarishlanayotgani aniqlandi.
Ayni paytda mazkur holatlar bo‘yicha kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi