
Xalqimizda bir maqol bor “Qo‘ling bilan berib, oyog‘ing bilan yugurib olasan” bu gaplar ham bejizga aytilmagan. Ayrim yurtdoshlarimiz orasida qarz olib uni qaytarish vaqti kelganda esa turli bahonalar izlab, bergan lavzidan qaytishadi.
Z.Shofiyeva ham tanishiga yaxshilik qilaman deb qarz berib uni olishga kelganda esa turli joylarga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Oxir oqibat Z.Shofiyevaning masalasi FIB Sherobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi. Sud Z.Shofiyevaning haqiqatdan uning tanishi Jo‘rayev Eldorga 50.675.000 so‘m qarz berganini, ushbu qarzlarni yillar davomida qaytarmaganligi sababli bank foizi bilan, ya’ni 58.438.185 so‘mni majburiy tartibda undirishni belgilab berdi.
Mazkur sud qarorini ijro qilishlik uchun Majburiy ijro byurosining Angor tuman bo‘limiga yuborildi. Byuroning tuman bo‘limi tomonidan barcha undirish choralari ko‘rildi, natijada E.Jo‘rayevdan undirilshi lozim bo‘lgan 58 mln. 438 ming 185 so‘m to‘liq undirilib Z.Shofiyevaga topshirildi.
Qarzdorligi to‘liq undirilganidan Z.Shofiyeva Byuroga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar