Byuroning Chust tuman bo‘limi ish yurituvida joriy yilning 25 iyul holatiga jami 2780 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, shundan 303 tasi bevosita soliq undiruvlari bilan bog‘liqdir.Ushbu soliq undiruvlarining 103 tasi yakka tadbirkorlik sub’ektlari, 200 tasi yuridik korxona va tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aynan bo‘lim tomonidan soliq undiruvlarini ijrosini ta’minlash maqsadida tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” ga asosan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Jumladan, Chust tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 14 sentyabrdagi “Chustagroservis MTP” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan 134,9 mln. so‘m soliq qarzni undirish yuzasidan qarori chiqqan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lib, ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan jamiyatga tegishli “Keys” kombayni ro‘yxatga olinib, xatlandi.
Umuman olganda, joriy yilning iyul oyi davomida ixtiyoriy muddatida ijro hujjati talablarini bajarmagan 10 dan ortiq qarzdor tashkilot va korxonalarning 1 mlrd 200 mln so‘mlik mol-mulklari xatlanib, hozirgi kunda baholatish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi