
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi erkak ajrashishga ariza bergan turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida ikki bolasini 4-qavatdan tashlab yubordi. "Mahalla" telekanalida bu haqda lavha efirga uzatildi, deb xabar qiladi UPL.
Bolalarning joni omon qolgan, biroq ular nogiron bo‘lib qolishgan. Aniqlanishicha, erkakning bolalikdan ruhiy jihatdan muammolari bo‘lgan. Hozirda u qamoqda.
Ular istiqomat qiladigan mahalladagilar oilani yarashtirishga harakat qilishgan. Ayol bo‘lgan hodisaga qaramasdan, erining uyiga qaytishga tayyor ekanini aytgan, lekin qaynonasi ularni qabul qilishga rozi bo‘lmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar